qiyiq I
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]qi-yiq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]QIYIQ I 'yotiq holatda kesilgan'. Deraza oyna— lariga turli shaklda h i y i h hogʻozlar yopishti— rilgan (Oybek). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu sifat asli 'yotiq holatda kes—' maʼnosini anglatgan qïy- feʼlidan (ДС, 440) -(ï)q qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik oʻzbek tilida ï unlilarining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qïy— + ïq = qïyïq > qiyiq.
QIYIQ II 'asli toʻrt burchak boʻlib, uch burchak shaklida buklab belga bogʻlanadigan maxsus tikilgan mato'. Xadicha xola bundan olti oy burun kelganida bir h i y i h behi olib keldi (Abdulla Qahhor). Bu ot eski oʻzbek tilida qadimgi turkiy tilda yasalgan qïyïq sifatidan maʼno taraqqiyoti yoʻli bilan oʻsib chiqqan: 'belgi' -+ 'shunday belgiga ega narsa'. Bu soʻz kichraytirish maʼnosini ifodalovchi -chä qoʻshimchasini qoʻshib, qiyiqchä shaklida ham ishlatiladi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Mato, qogʻoz va shu kabidan odatda uchburchak shaklda qiyib olingan parcha yoki ortib qolgan qiyindi, qiyqim. ◆ Qogʻoz qiyiqlari. ◆ Deraza oynalariga turli shaklda qiyiq qogʻozlar yopishtirilgan. Oybek, „Quyosh qoraymas“
- Bir tomoni baland, bir tomoni past; qiya, qiygʻoch, qiyshiq. ◆ Yigʻilgan pullarni yaktagining qiyiq choʻntagiga solib, xayrlashib joʻnadi. Habib Nuʼmon va Ahmad Shorahmedov, „Ota“ ◆ [Kumush] Ayvon ustuniga suyangach, qora qiyiq qoshlarini chimirib, koʻcha yoʻlak tomonga qaradi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
- Qisiq yoki suzuk; qisilgan yoki suzilgan, qiygʻoch (koʻz haqida). ◆ Chorbogʻning qoq oʻrtasiga qurilgan baland shiypon zinalaridan oʻrta yoshli, miqtidan kelgan, qiyiq koʻzli bir kishi tushib kelayotgan edi. Mirkarim Osim, „Oʻtror“
- koʻchma Gapga koʻnmaydigan, tutgan yerini kesadigan; oʻjar, qaysar. ◆ Qiyiq bola. ◆ Mulla Ikrom qiyiq odam boʻlganidanmi yoki kasbi shuni lozim koʻrganidanmi, murosaga unamadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Qiyigʻimni bogʻlamadi - qiyiq ekan, Boqsam - koʻzi shoʻxu qoshi quyuq ekan. Turob Toʻla
5 koʻchma Kamchilik, nuqson, xato. ◆ Agapovning seni mensimay piching qilib, gapingdan qiyiq topib oʻtirishi bejiz boʻlmasa kerak. I. Rahim, „Ixlos“ ◆ Uning har bir ishi-dan qiyiq topishga urinar edi. R. Azizxoʻjayev, „Yashil chayla“
- Qiyiq gap Boʻlmagʻur, teskari, qingʻir gap. ◆ Garchi koʻngliga qiyiq gap kelmagan boʻlsa hamki, shunday yosh juvonda oʻqish oʻzi uchun gʻayritabiiydek koʻrinar edi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ Qildan qiyiq axtarmoq (yoki topmoq) Toʻgʻri gapdan, ishdan xatolik izlamoq; yoʻq joydan kamchilik topishga harakat qilmoq yoki topmoq. ◆ Har qaysimiz bitta odam-cha oʻlib-tirilayotgan boʻlsag-u, qildan qiyiq axtarib, zvenomizni toshbaqa qilib, gaze-taga chiqarishsa. H. Nuʼmon, „Fasllar“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]qiyiq II
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]qi-yiq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Odatda belga bogʻlash uchun atrofiga gul tikilgan toʻrtburchak mato; belbogʻ, qiyiqcha. ◆ Las qiyiq. ◆ Shohi qiyiq. ◆ [Gʻozi] Qishda beqasam toʻn ustidan shohi qiyiq bogʻlar, yozda esa pilta yoqali oq yaktakni belbogʻsiz kiyardi. I. Rahim, „Ixlos“ ◆ Xadicha xola, bundan yaqin olti oy burun kelganida, bir qiyiq behi olib keldi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҚИЙИҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
qiyiq
1 срезанный; разрезанный;
2 кривой, искривленный; qingʻir ishning qirq yildan keyin ham qiyigʻi chiqar погов. (букв. кривда раскроется и через сорох лет) как верёвочке не виться, а кончику быть;
3 упрямый; капризный; ◆ qiyiq bola упрямый ребёнок; ◆ Siz juda qiyiq yigit ekansiz (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») А вы, оказывается, очень упрямый парень;
◆ 4 = qiyiqcha; qiyiq roʻmol 1) платок, сложенный углом и служащий поясом; 2) косынка; ◆
- qildan qiyiq qidirmoq выискивать недостатки, придираться к мелочам.
Source: This content is adapted from qiyiq on Wiktionary
Licensed under Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 International (CC BY-SA 4.0)